» » Samarqanddagi kinoteatrda urush haqidagi filmlar bepul namoyish etiladi

Samarqanddagi kinoteatrda urush haqidagi filmlar bepul namoyish etiladi


Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida bir qator filmlar aholi uchun bepul namoyish etiladi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

“Ushbu kino namoyishlardan Ikkinchi jahon urushida xalqimiz tomonidan ko‘rsatilgan jasorat bag‘rikenglik haqida hikoya qiluvchi “26-otilmasin”, “Sen yetim emassan”, “Toshkent — non shahri”, ”Berlin-Oqqo‘rg‘on” badiiy filmlari o‘rin olgan. Bu kartinalar aholi, ayniqsa, yoshlarda mash’um urush yillarida xalqimiz boshidan kechirgan azob-uqubatlar haqida tasavvur uyg‘otishi, mana shunday og‘ir damlarda ham hayot sinovlari va mashaqqatlarini matonat, sabr bilan yengib o‘tgani to‘g‘risida tushuncha hosil qilishi shubhasiz”, — deydi “O‘zbekkino” milliy agentligi “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi Samarqand viloyat filiali rahbari F.Roziqov.

Bepul filmlar namoyishi 7, 8, 9-may kunlariga mo‘ljallangan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют