» » A Seriya. 3 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda “Milan” “Bolonya”ni bazo‘r yutdi (video)

A Seriya. 3 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda “Milan” “Bolonya”ni bazo‘r yutdi (video)


6-may, dushanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionati 35-turining so‘nggi o‘yinida Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” klubi “San-Siro” stadionida “Bolonya”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “rossonerilar” a’zolari Suso (37) hamda Fabio Borini (67) urgan gollarga mehmon jamoa hujumchi Mattia Destroning (72) goli bilan javob qaytardi (2:1).

Shu tariqa milanliklar oz maydonida “Bolonya”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Qayd etish joiz, o‘yinda Milan klubi yarim himoyachisi Lukas Paketa (74), “Bolonya” futbolchilari Nikola Sansone (90+6), Mitchell Deyks (90+6) hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.

Ushbu turdan so‘ng “Milan” 59 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bolonya” hisobida esa 37 ochko mavjud va jamoa 15-o‘rinda bormoqda.

35-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

35-tur bahsi

6-may, dushanba

Gollar: 1:0 — 37 Suso, 2:0 — 67 Borini, 2:1 — 72 Destro

“Milan”: Donnarumma, Musakkyo, Abate, Sapata, Rodriges, Kessie, Bigliya (Mauri, 26), Chalxano‘g‘lu (Borini, 61), Lukas Paketa, Suso (Kastilyexo, 79), Pyontek

“Bolonya”: Skorupski, Voynovich, Deyks, Kalabrezi, Larangeyra, Svanberg (Destro, 63), Poli (Santander, 86), Pulgar, Orsolini (Edera, 80), Palasio, Sansone

Ogohlantirishlar: Poli (44), Sansone (57), Kalabrezi (65), Lukas Paketa (74), Pulgar (75), Kessie (90)

Chetlatishlar: Lukas Paketa (74), Sansone (90), Deyks (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют