» » O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi: Hukumat bosimi ostida qolib ketishni istamaymiz

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi: Hukumat bosimi ostida qolib ketishni istamaymiz


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘z faoliyati uchun zarur 50—60 milliard so‘mni davlat budjetidan olishi “muammo emas”, ammo bu holda palata hukumat bosimi ostida qolib ketishi mumkin. Bu haqda palata raisi o‘rinbosari O‘tkir Bo‘tayev “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, palata a’zolari palata ustavida belgilanadigan tartibda hamda miqdorlarda kirish va a’zolik badallari to‘laydi. Bunda palataga kirish va a’zolik katta kompaniyalar uchungina majburiy hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun esa ixtiyoriy etib belgilangan.

Bugungi kunda Savdo-sanoat palatasida 15 mingdan ortiq tadbirkor ro‘yxatga olingan. Tadbirkorlik subyektlaridan faqatgina 2400 nafari majburiy a’zo bo‘lgan. Qayd etish joiz, a’zolik badali miqdori 20 million so‘mdan 10 million so‘mgacha pasaytirilgan.

Hukumatdan mag‘lab beringlar desak, ular “yo‘q” demaydi. Palataning bir yillik ehtiyojlariga kerak bo‘ladigan 50 yoki 60 milliard so‘mni budjetdan ajratish hech qanday muammo emas. Lekin biz unda hukumat bosimi ostida qolib ketishimiz mumkin. Biz buni hohlamaymiz. Kelajakda tadbirkorlarimizni haq-huquqlarini har tomonlama himoya qiladigan erkin tashkilot bo‘lishimiz kerak. Buni Prezidentimiz ham istayapti.

Tushgan mablag‘lardan xodimlarimizni oylik bilan ta’minlash, salohiyatli va sifatli xizmat ko‘rsata oladigan kadrlarni ishga olish ko‘zda tutilgan. Biznes-forumlar tashkil etish, hujjatlarni yuritish, biznes-rejalarni tuzish uchun salohiyatli xodimlar kerak-ku.

Hududlarda tadbirokrlikka ko‘maklashish markazlarini tashkil qildik. Lekin ular hali biz o‘ylagan va tadbirkoralar istagan xizmatni ko‘rsata olmayapti. Palataning bitta yoki ikkita xodimi ishlayotgan tumanda minglab tadbirkorlar bor. Lozim darajada xizmatni ko‘rsatish uchun o‘nlab xodimlar kerak

O‘tkir Bo‘tayev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Palata raisi o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, kichik biznesni rivojlantirish uchun yirik tadbirkorlar yordam berishi zarur. “Dunyo tajribasi shunday. Qozog‘istonda tadbirkorlarning palataga majburiy a’zo bo‘lishi qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Vengriya qonunchiligida avval Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lish majburiy edi, hozirgi kunda esa ixtiyoriy. Chunki ular endi pulga muhtoj emas, oyoqqa turib olgan. Xizmat ko‘rsatadi, tadbirkorning nimaiki muammosi bo‘lsa, yechishga imkoniyati bor”, — dedi Bo‘tayev.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tanqid ostiga olib, u “davlat bo‘lib davlat emas, yo nodavlat bo‘lib nodavlat tashkilot emas”ligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev esa Savdo-sanoat palatasiga o‘xshash nodavlat notijorat tashkilotlari faqat va faqat ixtiyoriylik asosida tuzilishi mumkinligi, amaldagi qonunchilik bunday tashkilotlarga ishtirokchilarni majburan a’zo qilishga imkon bermasligini eslatib o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют