» » SSPga yirik korxonalar majburiy, kichik korxonalar ixtiyoriy a'zo bo‘ladi

SSPga yirik korxonalar majburiy, kichik korxonalar ixtiyoriy a'zo bo‘ladi


“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.

Hujjat 2018-yilning 10-oktabrida kuchga kiradi.

Qonunda belgilanishicha, palataga a’zolik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ixtiyoriy, yirik korxonalar uchun esa majburiydir.

Qonunda Savdo-sanoat palatasining vazifalari, faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari belgilandi. Palata tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlarni o‘qitish va kadrlarni tayyorlash bo‘yicha mas’ul tashkilot etib tayinlandi.

SSPning boshqaruv organlari tizimida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Markaziy kengash o‘rniga palata qurultoyi delegatlari tomonidan saylanadigan Rayosat oliy organ etib belgilandi. Rayosat qurultoylar oralig‘ida palataga rahbarlik qiladi. Avvallari Markaziy kengash tarkibiga ijroiya qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari, hududiy boshqarma rahbarlari, shuningdek, qurultoyda saylangan korxona va tashkilot rahbarlari kirgan.

Palata qurultoyi esa kamroq – 4 yilda 1 marta chaqiriladigan bo‘ldi. Ilgari u har 3 yilda o‘tkazilar edi. Bundan tashqari, palata raisi Prezidentning taqdimnomasiga ko‘ra qurultoy delegatlari tomonidan saylanadigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют