» » Senatorlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashuvchi qonunni ma’qulladi

Senatorlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashuvchi qonunni ma’qulladi


Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Senatorlar yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Qonunning maqsadi – integratsiyalashgan tadbirkorlik hamjamiyatini shakllantirish va tadbirkorlik subyektlarining, ular birlashmalarining davlat organlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini keng qamrab olish va ularni tadbirkorlik hamjamiyatini shakllantirish jarayoniga jalb qilishdir.

Qonunda umumiy qoidalar, palataning vazifalari va funksiyalari, palataning davlat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda palataning ishtiroki, palata faoliyatini tashkil etish, palataning xalqaro hamkorligi, nizolarni hal qilish mexanizmi nazarda tutilgan.

Qonuning yangi tahririda tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish hamda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish, davlat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash, tashqi iqtisodiy faoliyat va chet el investitsiyalarini jalb qilish sohalaridagi palataning funksiyalari mustahkamlab qo‘yilgan.

Senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlarini, ayniqsa ularning faoliyati qaror topayotgan davrda qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga, jadal rivojlantirishga har tomonlama ko‘mak berishga, ularning ustuvor rolini va daxlsizligini ta’minlashga, respublika tumanlari va shaharlari aholisining tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilinishiga ko‘maklashadi.

Senatorlar qonunni ma’qulladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют