» » Qatar amiri G‘azo sektoridagi falastinliklar uchun 480 million dollar yo‘naltiradi

Qatar amiri G‘azo sektoridagi falastinliklar uchun 480 million dollar yo‘naltiradi


Qatar amiri Tamim bin Hamad Al-tani Falastin va Isroil o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning yana bir avj fonida G‘azo va Iordaniya daryosining G‘arbiy sohilidagi falastinliklarga 480 million dollar ajratishni buyurdi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Bu qo‘llab - quvvatlash, Falastin xalqi va Qatar xalqini birlashtiradigan birodarlik rishtalari, arab xalqlari va umumiy din o‘rtasidagi aloqalar asosida, Falastin xalqiga Isroil ishg'oli va xalqaro insonparvarlik yordamining qisqarishi bilan bog'liq qiyin sharoitlarda hayot uchun zarur bo'lgan narsalarni sotib olishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Qatar doimiy ravishda falastinliklarga, xususan, Isroilning G‘azo sektorida yashovchi fuqarolariga moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda. Qatar vakili o‘tgan yil davomida G‘azo sektoridagi muhtoj oilalarga moddiy yordam berishda shaxsan bir necha bor ishtirok etgan.

Deyarli ikki kunlik otishmalarda Isroil tarafidan to‘rt, Falastindan 25 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. O‘tgan kecha tomonlar zarba almashinuvini to‘xtatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют