» » Innovatsion rivojlanish vaziri farg‘onalik olimlarni sustkashliklari uchun tanqid qildi

Innovatsion rivojlanish vaziri farg‘onalik olimlarni sustkashliklari uchun tanqid qildi


Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Farg‘ona politexnika institutida vodiy universitetlari prorektorlari va o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Unda olimlar, professorlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va Farg‘ona Yoshlar innovatsiya markazi vakillari qatnashdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ibrohim Abdurahmonov 2019-yildan boshlab vazirlik ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalar tanlovlari natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jami 59 ta loyihani 45,4 milliard so‘m miqdorida moliyalashtirishga kirishganini qayd etdi.

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi tomonidan Fanlar akademiyasi 2018-yilda taqdim etgan ro‘yxatlarga muvofiq 6 ta ilmiy-tadqiqot muassasasiga 173 turdagi 7,2 million AQSh dollari miqdoridagi ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari xarid qilinishi, joriy yil uchun esa 11 ta institutga 8,4 million dollar miqdoridagi laboratoriya jihozlari xarid qilinishi ko‘zda tutilgani ta’kidlandi.

—Avvallari bir olimga 30-40 million so‘m miqdorida grantlar ajratilgan bo‘lsa, endi bu grantlarning summasi anchayin ko‘paydi. Har bir olim yoki olimlar jamoasiga 300 million so‘mdan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar berilmoqda. Ammo talab ham oshgan. Endi olim maqola bilan emas, innovatsion mahsulot, yangi texnologiyalar, yoki sanoat namunasi bilan hisobot berishi shart qilib qo‘yildi. Toki olimlar tomonidan yaratilgan mahsulot yurt iqtisodiyotiga foyda keltirsin, xalqning turmushi yanada farovon bo‘lsin.

Farg‘onalik olimlar va doktorantlar vazirlik tomonidan e’lon qilinayotgan mavzuga doir grant tanlovlarida ishtiroklari sustligi, topshirayotgan loyihalari soni juda kam ekanligi tanqidiy tahlil qilindi va kamchiliklar ko‘rsatildi. Vazir ularni faolroq bo‘lishga undadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют