» » Namangandagi “Chorsu” bozori yaqinida “Tezkor chaqiruv” qurilmasi o‘rnatildi

Namangandagi “Chorsu” bozori yaqinida “Tezkor chaqiruv” qurilmasi o‘rnatildi


Namangan shahrining “Chorsu” dehqon bozoriga yaqin hududda shahar bo‘yicha IIO FMB situatsion markazi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqish imkoniyatini beruvchi “Tezkor chaqiruv” qurilma dasturiy taminoti o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qurilma joylashgan hududda salbiy holat ro‘y bersa hodisaga guvoh bo‘lgan fuqarolar ushbu qurilmadagi maxsus tugmachani bosib, situatsion markaz bilan bog‘lanadi hamda vaziyat to‘g‘risida ichki ishlar xodimlariga xabar beradi. Shu zahoti navbatchi hudud atrofidagi patrul-post xizmati xodimlarini voqea joyiga yo‘naltiradi. Natijada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldi olinishiga erishiladi.

Shunday qurilmalar dastlabki bosqichda “Sardoba” va “Do‘stlik” bozorlarida, kelgusida esa Namangan shahridagi barcha bozorlarda o‘rnatilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют