» » Germaniyada millionlab savodsiz odamlar borligi aniqlandi

Germaniyada millionlab savodsiz odamlar borligi aniqlandi


Germaniyada nemis tilidagi matnni tushunishda 6,2 million nafar odam qiynalishi aniqlandi. Bu haqda Die Zeit xabar berdi.

2018-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, nemis tilida so‘zlashuvchi voyaga yetgan aholining 7,3 foizi o‘qish va yozish ko‘nikmalariga ega emas. Ular alohida gaplarni o‘qishi va yozishi mumkin, ammo butun matnni tushuna olmaydi.

So‘rovda qatnashganlarning har beshinchisi o‘rta ma’lumotga ega emasligi aniqlangan.  40 foizdan ko‘pi esa faqatgina boshlang‘ich ma’lumotga ega. Shunga qaramay, ularning 62,3 foizi ish bilan ta’minlangan.

Savodsiz deb topilganlarning deyarli yarmini (2,9 million kishi) migrantlar tashkil etadi. Ularning o‘rtasida 78 foizi boshqa bir tilda yozish, o‘qish va matnlarni tushunish ko‘nikmasiga ega.

Xabarda aytilishicha, voyaga yetgan savodsizlarning soni kamaygan — 2011-yilda ular 7,5 millionni tashkil qilgan edi. Matnni tushuna oladigan, ammo yomon o‘qiydigan va xato bilan yozadiganlarning hisobiga 13,4 milliondan 10,6 millionga tushgan.

Ta’lim vaziri Ani Karlichekning so‘zlariga ko‘ra, jamiyat va davlat bunday odamlarga yordam berishi kerak. Uning aytishicha, yoshi kattalar bunday muammolarni bolalarga qaraganda katta qiyinchilik bilan yengadi.

Yevropada migratsiya inqirozi 2015-yilda boshlangan. Ba’zi mamlakatlar qochoqlar oqimini cheklashni yoqlab, migrantlar kvotasiga qarshi chiqqan. Ayni paytda Germaniya boshqa mamlakat fuqarolarini maksimum darajada qabul qilishga harakat qildi. Shundan keyin mamlakatga 1,5 milliondan ortiq aholi ko‘chib keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют