» » Davlat turizm qo‘mitasi Mo‘ynoqda kazino qurilishini qo‘llab-quvvatlashini ma‘lum qildi

Davlat turizm qo‘mitasi Mo‘ynoqda kazino qurilishini qo‘llab-quvvatlashini ma‘lum qildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida kazino (o‘yin biznesi) tashkil etish loyihasi vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayevga asoslanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.

“Moy‘qnoqda maxsus o‘yin zonasini tashkil etish loyihasi vakolatlari organlar tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Bu yog‘i bizga bog‘liq emas. Ular ko‘plab ko‘rsatkich va indikatorlarni hisobga olgan holda loyihaga oid yakuniy qarorni qabul qilgach, e’lon qilinadi. Davlat turizm qo‘mitasi bu kabi zonaning tashkil etilishini ijobiy baholaydi”, — deydi Qosimxo‘jayev.

Qosimxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur holatda zona xorijliklar uchun yaratilmoqda va shu sababli loyiha tashabbuskorlari uning xavfsizligi va sahffofligini ta’minlash uchun bir qator jiddiy ishlarni amalga oshirishi lozim.

“Agarda bularning barchasiga rioya qilinadigan bo‘lsa, biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Davlat turizm qo‘mitasi qaysidir darajada bunga o‘zi tashabbus ko‘rsatdi”, — deydi u.

Avvalroq Bosh prokuratura Mo‘ynoqda kazino ochish ehtimolining barcha aspektlari o‘rganib chiqilayotganini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют