» » Veynaldum Yevropa Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi

Veynaldum Yevropa Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi


“Liverpul” yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining “Barselona”ga qarshi javob uchrashuvida dublga erishdi (4:0, ilk bellashuv — 0:3).

Niderlandiyalik o‘yinning 54 va 56-daqiqalarida Mark Andre ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozani ikki bor ishg‘ol qildi. Ta’kidlash joiz, u 46-daqiqada himoyachi Endryu Robertson o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi.

Gracenote Live’ning xabar berishicha, Veynaldum musobaqa yarim finalida zaxiradan maydonga tushib 2 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют