» » Yoshlar ittifoqi va tijorat banklari Germaniya fondi bilan kelishuvga erishdi 

Yoshlar ittifoqi va tijorat banklari Germaniya fondi bilan kelishuvga erishdi 


Toshkentda Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi (Sparkassenstiftung) va Yoshlar ittifoqi, “Agrobank”, “Xalq banki” hamda “Mikrokreditbank” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

O‘zbekiston agrar sektorini rivojlantirish va yosh fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda modernizatsiya jarayonlarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

— Mamlakatda yosh fermerlar uchun imtiyozli kreditlar, soliq imtiyozlari va yerlar ajratilmoqda. Ammo yoshlarning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirmasak, ajratilgan kreditlarni maqsadli yo‘naltirishga o‘rgatmasak, ularning faoliyatida inqiroz kelib chiqishi mumkin. Kelishuv birinchi galda shunga yo‘naltirilgan, — deydi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev.

Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Germaniyaga xizmat safari davomida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi bilan bir qator loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi bilan kelishuv ana shu muzokaralar natijasi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 125) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют