» » Rossiyadagi bolalar bog‘chasi mudira o‘zbekistonlikni ishga qabul qilgani haqida xabar bermagani uchun yopib qo‘yildi

Rossiyadagi bolalar bog‘chasi mudira o‘zbekistonlikni ishga qabul qilgani haqida xabar bermagani uchun yopib qo‘yildi


Rossiyaning Novocheboksarsk shahridagi bolalar bog‘chalaridan biriga ishga qabul qilingan o‘zbekistonlik keksa mehnat muhojiri sud muhokamasiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Shahardagi “Skazka” nomli 10-bolalar bog‘chasi mudirasi 2018-yil noyabr oyida o‘zbekistonlik 63 yoshli mehnat muhojirini qorovul sifatida ishga oladi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, u bu haqda 3 kun ichida Migratsiya xizmatiga ma’lum qilishi lozim edi. Biroq ayol bunday qilmagan, keyinchalik esa shunday talab borligini bilmaganini aytgan.

Ma’muriy kodeks buzilgani sababli bog‘cha rahbariyatiga qarshi ish ochildi. Sud qarori bilan bog‘cha faoliyati 14 kunga to‘xtatildi va bino eshigi muhrlab ketildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют