» » Adliya vazirligi korrupsiya bilan bog‘liq xabarlarni yetkazish uchun Telegram’da maxsus botni ishga tushirdi

Adliya vazirligi korrupsiya bilan bog‘liq xabarlarni yetkazish uchun Telegram’da maxsus botni ishga tushirdi


Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlar o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “@antikorbot” nomli maxsus bot yaratildi.

Endilikda vazirlik va uning tizimidagi ta’lim muassasalarida noqonuniy ishlar, jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqida ushbu bot orqali xabar berish mumkin bo‘ladi.

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat’iy sir saqlanishi kafolatlanadi.

Shu bilan birga, vazirlik tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish qonun yo‘li bilan jazolanishini ham eslatib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют