» » “Adliya hisobot beradi” nomli hisobot kitobi omma e’tiboriga havola etildi

“Adliya hisobot beradi” nomli hisobot kitobi omma e’tiboriga havola etildi


Adliya vazirligi tomonidan nashr etilgan “Adliya hisobot beradi” nomli hisobot kitobi omma e’tiboriga havola etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

Hisobotni e’lon qilishdan asosiy maqsad adliya organlari faoliyatida ochiqlilikni ta’minlash, erishilgan natijalarini sarhisob qilish va ular haqida ommaga batafsil ma’lumot berishdan iborat.

Ushbu kitob orqali fuqarolar 2018-yil davomida adliya organlarining har bir faoliyat yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil tahliliy axborotga ega bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, hisobotda vazirlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ilohotlar va o‘zgarishlar, kelajakdagi maqsadlar va muhim strategik rejalar ham o‘z ifodasini topgan.

Ushbu maqsad va rejalar Adliya vazirligi faoliyatining samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo‘lishi bilan birga adliya organlarini jamoatchilik oldidagi mas’uliyatini ham oshiradi.

“Adliya hisobot beradi” nomli kitob matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 14:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют