» » Londonda O‘zbekiston Adliya vazirligi vakillari Buyuk Britaniya davlat tizimi bilan tanishmoqda

Londonda O‘zbekiston Adliya vazirligi vakillari Buyuk Britaniya davlat tizimi bilan tanishmoqda


Ayni kunlarda Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. Safardan maqsad Buyuk Britaniya davlat tizimi bilan tanishish, davlat xizmatlari sohasida tajriba almashish hamda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Ushbu delegatsiya Vazirlar mahkamasi vakillaridan tortib vazirlik markaziy apparati xodimlari hamda viloyatlar adliya boshqarmalari va eng chekka tuman adliya bo‘limlarida faoliyat yurituvchi xodimlardan tashkil topgan.

Safar davomida o‘zbekistonlik delegatsiya uchun Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, taqdimotlar hamda treninglar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Buyuk Britaniya Milliy davlat boshqaruvi instituti (NSGI) mutaxassislari delegatsiya a’zolari uchun davlat boshqaruvi tizimi va an’analari, Britaniya davlat xizmatlarining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Shuningdek, Buyuk Britaniya Adliya vazirligi vakili tomonidan taqdimot o‘tkazildi. Delegatsiya vakillari ikki davlat adliya tizimi o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlari to‘g‘risida savollariga javob oldi.

Kuni kecha safar dasturidagi asosiy tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Adliya vazirligi hamda Buyuk Britaniya hukumatini raqamlashtirish davlat xizmati o‘rtasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasida mutaxassislarni o‘qitish hamda ularning  malakasini oshirishda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Safar dasturida London assambleyasi hamda ma’muriy boshqaruv sohasida nufuzli konsalting kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishuv ham o‘rin olgan.

Adliya vazirligi delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari davom etmoqda. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют