» » Adliya vazirligida NSGI delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirligida NSGI delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov Britaniyaning National School of Government International (NSGI) tashkilotining ekspert vakillari Alan Ueyts hamda Leyla Brosnanni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Uchrashuvdan maqsad O‘zbekistonda 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida vazirlik tomonidan rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishda Buyuk Britaniyaning tajribasini o‘rganishdan iborat.

Toshqulov Britaniya tomoni bilan hamkorlik olib borishning uchta asosiy yo‘nalishini qayd etdi, xususan, Britaniyaning Citizens Advice hamda Company House kabi axborot-konsultatsiya mexanizmini joriy etish, shuningdek, vazirlik faoliyatini xalqaro ekspertlarni jalb etish orqali takomillashtirish va shu borada takliflar bilan tanishish.

O‘z navbatida, NSGI vakillari tashkillashtirilgan ushbu yig‘ilish uchun minnatdorchilik izhor etdi va samarali hamkorlikka umid bildirdi.

Britaniya tomoni o‘z mamlakatining fuqarolar bilan ishlash sohasida davlat tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va O‘zbekistondagi shunga o‘xshash loyihalarni amalga oshirishda tegishli yordam ko‘rsatishga katta qiziqish bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют