» » Turkiyalik shifokorlar homiladorlikni saraton bilan adashtirib, ayolga kimyoterapiya buyurdi

Turkiyalik shifokorlar homiladorlikni saraton bilan adashtirib, ayolga kimyoterapiya buyurdi


Turkiyalik ayol uning homiladorligini saraton bilan adashtirib, kimyoterapiya tavsiya qilgan shifokorlarni sudga berdi, deb xabar berdi Daily Mirror.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilda 35 yoshli Serpil Baganing tuxumdonlaridan birida o‘simta aniqlanib, olib tashlangan. Uch oydan so‘ng unda homiladorlik davrida ishlab chiqariladigan, shu bilan birga bachadon saratonidan ham darak berishi mumkin bo‘lgan surunkali gonadotropin gormoni miqdori oshib ketgan.

Shifokorlar buni saraton hujaylarining tarqalishi belgisi deb topib, ayolga kimyoterapiya tavsiya qilgan. Ayolning bachadonlari tekshiruvdan o‘tkazilganda, unda 12 va 19 santimetrli o‘simtalar borligi aniqlangan. Shifokorlar uni olib tashlashni rejalashtirgan, biroq operatsiyadan bir necha kun avval ayolda bola tushishi sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, shifokorlar ayoldagi egizak homilani saraton o‘simtasi deb o‘ylagan. Bola tushishiga esa kimyoterapiya sabab bo‘lgan.

Baga va uning turmush o‘rtog‘i shifokorlar mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan deb hisoblab, ularning jazolanishiga erishmoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют