» » Rossiyalik milliarderlar ta’tilni qayerda o‘tkazmoqchi — Alisher Usmonovning yaxtasi Italiyaga qarab yo‘l oldi (foto)

Rossiyalik milliarderlar ta’tilni qayerda o‘tkazmoqchi — Alisher Usmonovning yaxtasi Italiyaga qarab yo‘l oldi (foto)


May oyidagi bayramlar sabab bu oy Rossiyada 5 ta qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Forbes jurnalining aniqlashicha, eng qimmat yaxtalar xorijiy portlarga qarab yo‘l olgan. Faqatgina bittasi Sochiga borgan.

Yaxtaning taxminiy egasi: Alisher Usmonov

Bahosi: 550?million dollar

“Mening Italiyaga bo‘lgan munosabatim boshqacha. Deyarli yoz bo‘yi Sardiniyada yashayman”, — deydi Usmonov Forbes’ga 2018-yil bergan intervyusida.

2005-yilda milliarder Sardiniyaning eng qimmat va hashamatli dam olish maskanlari yaqinida joylashgan Romatsinoda villa sotib olgan. Bundan avval Indesit kompaniyasining egasi Antonio Merloniga tegishli bo‘lgan ushbu villani Usmonov 35 million yevro evaziga qo‘lga kiritgan. Villa Romatsino ko‘rfaziga qarashli keng park bilan o‘rab olingan. Usmonov nogironlarni tashish uchun ikkita avtobusni taqdim etgach hamda mahalliy futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlash va yuqori texnologiyali shifoxonani qurish uchun xayriya qilgani uchun Arsaken shahrining faxriy fuqarosi maqomiga ega bo‘lgan.

Yaxta egasi: Roman Abramovich

Bahosi: 460?million dollar

Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan 3500 dan kam aholiga ega bo‘lgan La-Syota dunyodagi eng katta va eng qimmat xususiy yaxtalarga xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi Yevropaning eng yirik dengiz porti unvoniga sazovor bo‘lgan, deb yozadi The New York Times. Kemasozlik bu yerda 1800-yillardan buyon amalda. “Parijda Eyfel minorasi bor, bizda esa kemasozlik bor”, — deydi shahar meri Patrik Bor.

La-Syotada, shuningdek, dunyodagi eng qadimiy teatr “Edem” ham joylashgan. U yerda aka-uka Lyumerning ilk pyesalari namoyish etilgan.

Yaxta egasi: Mixail Proxorov

Bahosi: 155?million dollar

Vilanova Grand Marina – Barcelona — superyaxtalar uchun mo‘ljallangan O‘rtayer dengizidagi birinchi port. Pristan himoyalangan portda joylashgan. Tinch va toza suv bilan ta’minlangan.

Yaxta egasi: Oleg Deripaska

Bahosi: 70 million dollar

Albaniya, umuman olganda superyaxtalar bilan mashhur emas, lekin mamlakatga yildan yilga ko‘proq xususiy kemalar tashrif buyurmoqda. Gretsiya, Xorvatiya va Italiyaga yaqinligi sababli, shuningdek, buzilmagan tabiiy go‘zalligi tufayli Albaniya “Yangi Chernogoriya” deb ataladi. Mahalliy hokimiyat organlarining statistika ma’lumotlariga ko’ra, 2018-yilda Sarandaga 1007 ta yaxta kelgan. 2017-yilda esa bu ko‘rsatkich 842 ta edi (yaxtalarning o‘lchami statistikada ko‘rsatilmagan). Afsuski, infratuzilma ideal emas, lekin Saranda portida superyaxtalar uchun maxsus pristanlar qurilgan.

Saranda yaqinida joylashgan arxeologik muzey qo‘riqxona — Butrint qadimiy shahrining xarobalari UNESCO’ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют