» » O‘zbekistonda Galaxy tish pastasi ishlab chiqaruvchisiga Colgate dizayniga o‘xshash qadoqda mahsulot sotishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma berildi

O‘zbekistonda Galaxy tish pastasi ishlab chiqaruvchisiga Colgate dizayniga o‘xshash qadoqda mahsulot sotishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma berildi


O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Amerikaning Colgate-Palmolive Company kompaniyasining O‘zbekistonning Torimed Pharm MChJ tomonidan Galaxy nomi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotining tashqi ko‘rinishini Colgate kompaniyasi tovar belgisiga taqlid qilish yo‘li bilan kompaniya intellectual mulk huquqlarining buzilishi haqidagi murojaatini ko‘rib chiqdi. Bu haqda qo‘mita xabarida aytiladi.

Galaxy tovar belgisiga ega tish pastasining tyubiki va qadog‘i tashqi ko‘rinishining rang gammasi va boshqa elementlari Colgate mahsulotining tashqi qiyofasiga juda o‘xshash, bu iste’molchilarning ushbu tish pastasi ishlab chiqaruvchilariga nisbatan chalg‘ishiga olib keladi, deyiladi xabarda.

Nohalol raqobatga olib keladigan qoidabuzarlik fakti o‘z tasdig‘ini topgani tufayli, monopoliyaga qarshi kurashish organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasini buzganligi tan olingan Torimed Pharm MChJga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Torimed Pharm MChJga Colgate-Palmolive Company kompaniyasi mahsulotlari qadog‘i dizayniga taqlid qiluvchi qadoqda mahsulotlarni sotishni va reklama qilishni to‘xtatish yo‘li bilan qonunbuzarlik holatini bartaraf qilish haqida ko‘rsatma berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют