» » Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripovga kvartira sovg‘a qildi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripovga kvartira sovg‘a qildi


9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabi bilan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripovning yashash joyiga tashrif buyurib, unga uy kaliti hamda esdalik sovg‘asini topshirdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Hakim Zaripov qariyb 80 yildan beri sirk manejida ot ustida tomosha ko‘rsatib keladi. Salkam bir asr yashab qo‘yganiga qaramay, hozirda ham “O‘zbek davlat sirki”da faoliyat yuritib kelmoqda.

“U uzoq yillar o‘z oilasi bilan yotoqxonada yashab kelgan. Bugun esa prezidentimiz tomonidan Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari uchun Hakim Zaripov munosib taqdirlandi va yangi xonadonga ega bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 10:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют