» » Moskva meri qancha daromad olishi ma’lum qilindi

Moskva meri qancha daromad olishi ma’lum qilindi


Moskva meriyasi Sergey Sobyanin bir yilda qancha daromad topganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Moskva meri 2018-yil davomida 7,6 million rubl (taxminan 116 ming dollar) ishlab topgan. Bu undan avvalgi yilga nisbatan bir million rublga ko‘p.

Uning ixtiyorida 26,8 kvadrat metrlik garaj, maydoni 308 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lgan kvartira bor. Uning qarindoshlarining mol-mulki to‘g‘risida esa deklaratsiyada keltirilmagan.

Moskva hukumatining mansabdorlari orasida eng katta daromad oluvchi Moskva tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sergey Cheremin hisoblanadi. U o‘z deklaratsiyasida daromadi 81,3 million rubl (1 million 200 ming dollardan ortiq) ekanligini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют