» » Sirdaryoda nosoz gaz plitasi yong‘inga sabab bo‘ldi

Sirdaryoda nosoz gaz plitasi yong‘inga sabab bo‘ldi


2019-yil 8-may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani Yangi asr ko‘chasida yashovchi A.N. uyi oshxonasida gaz plitasini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida gaz plitasidan sizib chiqqan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

Yong‘in oqibatida oshxonaning tom qismi yonib zarar ko‘rgan hamda A.N. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan xonadonlarda tabiiy gazdan foydalanganda gaz plitalari va shu kabi gaz texnikalarining soz holda ekanligiga alohida e’tibor qaratishini so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют