» » O‘zbekistonda necha kishi pensiya va ijtimoiy nafaqa olishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda necha kishi pensiya va ijtimoiy nafaqa olishi ma’lum qilindi


Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda necha kishi pensiya va ijtimoiy nafaqa olishi haqida ma’lumot berdi.

Nuroniy qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar uchun Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” qonuniga muvofiq pensiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qaroriga asosan ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi va to‘lash uchun mablag‘lar bilan moliyalashtiriladi.

2019-yilning 1-aprel holatiga pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 542 463 nafarni yoki aholi sonidagi ulushi 10,7% tashkil qildi.

Bu ko‘rsatkich, Toshkent shahrida 13,5%, Navoiy viloyatida 11,9%, Toshkent viloyatida 11,7%, Buxoro viloyatida 11,4%, Farg‘ona viloyatida 11,1%, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida 10,8%, Xorazm viloyatida 10,7%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10,4%, Namangan viloyatida 10,0%, Samarqand viloyatida 9,9%, Qashqadaryo viloyatida 9,5%, Surxondaryo viloyatida 9,3% va Jizzax viloyatida 8,9%.

3 542 463 nafar pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilardan:

2019-yilning birinchi choragida 84 260 nafar fuqarolarning murojaatlariga asosan ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlandi, shundan 57 781 tasi  (68,6%) yoshga doir pensiya, 7 053 tasi  (8,4%) nogironlik pensiya, 5 226 tasi  (6,2%) boquvchisini yo‘qotgan oilaga pensiya va 14 200 tasi (16,8%) ijtimoiy nafaqa.

2019-yilning 1-aprel holatiga, Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalarining (TMEK) nogironlik belgilangani to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomalari va tibbiy xulosalariga asosan nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy soni 658 747 nafarni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 13 382 nafar (2,1%)ga ko‘paydi (shundan, 16 yoshdan katta yoshdagi nogiron shaxslar 10 154 nafar (1,9%) va 16 yoshgacha nogiron bolalar soni 3 228 nafar (3,2%).

2019-yilning birinchi choragida Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalarining (TMEK) nogironlik belgilangani to‘g‘risidagi birlamchi tibbiy ma’lumotnomalari va tibbiy xulosalariga asosan 17 391 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga ilk bor nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlanib, jami yangi tayinlangan pensiya va ijtimoiy nafaqalar sonidagi ulushi 20,6 %ni tashkil qildi. Shundan, 12 067 nafari (69,4%) 16 yoshdan katta yoshdagi nogiron shaxslar va 5 324 nafari (30,6%) 16 yoshgacha nogiron bolalar. 2018-yilning birinchi choragida 78 607 nafar fuqarolar murojaatiga asosan ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlangan. Ulardan 16 210 nafari (20,6%)ga nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqa tayinlangan.

Shundan:

Tibbiy mehnat-ekspertiza komissiyalari (TMEK)ning birlamchi nogironlik ma’lumotnomalariga asosan 16 yoshdan katta yoshdagi 12 067 nafar shaxslarga nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlanib, 2018-yilning birinchi choragiga nisbatan 928 nafar (8,3%)ga ko‘paydi.

Tibbiy maslahat komissiyalari (TMK) tomonidan berilgan birlamchi nogironlik tibbiy xulosalarga asosan 5 324 nafar 16 yoshgacha nogiron bolalarga nogironlik nafaqa tayinlanib, 2018-yilning birinchi choragiga nisbatan 253 nafar (5,0%)ga ortdi.

2019-yilning birinchi choragida TMEK hamda TMKlarning birlamchi nogironlik ma’lumotnomalari va tibbiy xulosalariga asosan Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan yangi tayinlangan nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqalar soni 2018-yilning birinchi choragiga nisbatan 1 181 ta (7,3%)ga hamda qayta tibbiy ko‘riklar natijasi bo‘yicha umumiy nogiron shaxslar soni 13 382 ta (2,1%)ga ortdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют