» » Ozbekistonda davlat tilini rivojlantirishga masul idora tashkil etish va umummilliy diktant otkazish taklif qilinmoqda

Ozbekistonda davlat tilini rivojlantirishga masul idora tashkil etish va umummilliy diktant otkazish taklif qilinmoqda


Yuksalish umummilliy harakati savodli, oqimishli bolish, davlat tili va boshqa xorijiy tillarni egallash jamiyatda, ayniqsa yosh avlod orasida trend bolishi kerak, degan fikrda. Harakat ozbek tilini rivojlantirish va aholining imloviy savodxonligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqdi.

Ular quyidagilardan iborat:

Ozbek tilini rivojlantirish va til bilish darajasini oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish hamda yaqin 5 yil mobaynida uni amalga oshirish boyicha yol xaritasini tasdiqlash;

Ozbek tilini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, til normalariga, shu jumladan, axborot stendlari va reklama materiallarida talablarga rioya etilishini nazorat qiluvchi, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish bilan shugullanuvchi masul davlat organini belgilash;

Til konikmalarini baholashning xalqaro tizimi asosida davlat tilini bilish darajasining yagona standartlari va minimal talablarini ishlab chiqish hamda joriy qilish maqsadida xorijiy tajribani organish va tadqiqotlar otkazish;

Davlat tilida savodli yozish madaniyatini rivojlantirish va uning darajasini oshirish, shuningdek, savodxonlik masalasiga keng jamoatchilik etiborini qaratish maqsadidagi ixtiyoriy talim aksiyasi davlat tilida yillik umummilliy diktant otkazish;

Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, oquv muassasalari yoki manfaatdor tomonlar binolarida ozbek tilini orgatish boyicha bepul kurslar tashkil etish. Bu yerda fuqarolar innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida ozlarining sozlashuv nutqini va savodli yozish boyicha konikmalarini oshirishlari mumkin boladi;

Ozbekiston hududida istiqomat qilayotgan fuqarolarning davlat tilini bilish darajasini oshirishga qaratilgan elektron platforma ishlab chiqish va uni ishga tushirish. Bolalar va yoshlarni interfaol usulda til normalariga orgatishga qaratilgan mobil ilovalar yaratish.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-05-2019, 11:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -