» » Foto: Andijonda bo‘lib o‘tgan Xotira va qadrlash kuni tantanalari

Foto: Andijonda bo‘lib o‘tgan Xotira va qadrlash kuni tantanalari


Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi Jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi munosabati bilan Andijon shahrida bayram tantanalari o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Dastlab Andijon shahridagi Xotira maydonida viloyat hokimligi, Andijon garnizoniga qarashli harbiy qismlar, Milliy gvardiya, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yildi.

“Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limining ma’lumotlariga ko‘ra, Ikkinchi Jahon urushida 97,5 mingdan ortiq andijonlik ishtirok etgan, ulardan 54 ming nafarigina urushdan qaytgan. Viloyatda ayni paytda 50 nafar urush qatnashchasi yashamoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida xizmat vazifasini o‘tayotgan askarlarning jangovor tayyorgarlik jarayonlari namoyish etildi.

Harbiy orkestr sadolari ostida kirib kelgan askarlar, harbiy va jangovor texnikalar, otliq askarlar, viloyatdagi tashkilot, korxona, muassasa xodimlaridan iborat harbiy parad ishtirokchilari Sharof Rashidov, Amir Temur hamda Alisher Navoiy shoh ko‘chalari bo‘ylab qariyb 3 kilometr yurdi.

Bayram tadbiri Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilib, ochiq-osmon ostida namoyish qilingan spektakl o‘tgan asrning suronli yillarini, voqeliklarini qayta gavdalantirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют