» » DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev “poraxo‘rlik botqog‘iga botgan”likda ayblanmoqda

DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev “poraxo‘rlik botqog‘iga botgan”likda ayblanmoqda


Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev O‘zbekistondagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlik lavozimlariga o‘ziga sodiq kadrlarni qo‘yishi orqali davlatning butun siyosiy faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishga uringan. Bu haqda “Xabar.uz”da 4-may kuni e’lon qilingan maqolada so‘z boradi.

“U ‘xizmat’ning avvalgi gegemonlik kayfiyatini qo‘msashda, huquqiy chegaradan chiqib, korrupsiya va poraxo‘rlik botqog‘iga botganlikda ayblanmoqda. Prezident bu holatda g‘alvirni baland ko‘tarishga majbur bo‘ldi va unga siyosiy ishonchsizlik bildirdi”, — deyiladi Erkin Jarchi imzosi bilan e’lon qilingan materialda.

Qayd etilishicha, “sobiq general hurfikr saytlarni yopish, ijtimoiy tarmoqlarga cheklov qo‘yish, xorijdagi ayrim ta’sirli vatandoshlarni sun’iy ravishda muxolifatga aylantirish orqali Prezident olib borayotgan demokratik o‘zgarishlarni aholiga buzib ko‘rsatishga intilgan, bu orqali o‘zi uchun kelgusida yaxshi siyosiy platforma hozirlagan”.

“Albatta, barcha noqonuniy ishlarga oxirgi nuqtani sud hokimiyati qo‘yadi. Uning ortida kimlar turgan, qanday maqsadlar yashirin, ishga kimlarni jalb qilgan, kimlar xayrixoh va ko‘makchi bo‘lgan... barchasiga oydinlik kiritilishi shubhasiz”, — deyiladi maqolada. Va bu jarayonni muallif “Abdullayev ishi” deb ta’riflagan.

Eslatib o‘tamiz, Ixtiyor Abdullayev 2019-yil 11-fevralida Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod qilingan edi. Prezident Administratsiyasi tomonidan berilgan izohga ko‘ra, Abdullayev “sog‘ligi yomonlashgani tufayli (keyingi bir yilda bo‘yin va bel umurtqa pog‘onasida ikki marta og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan) o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют