» » AQSh Xitoy tovarlariga boj to‘lovini 25 foizgacha oshirdi

AQSh Xitoy tovarlariga boj to‘lovini 25 foizgacha oshirdi


AQSh ma’muriyati Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini 10 foizdan 25 foizgacha oshirish qarori kuchga kirdi. “TASS”ning xabar berishicha, Xitoy bunga qarshi javob berishi kutilmoqda.

Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe 9-may kuni Vashingtonga kelib, amerikalik hamkasblari — moliya vaziri Stiven Mnuchin va AQShning savdo muzokaralari bo‘yicha vakili Robert Laytxayzer bilan muzokaralar olib borgan. Muzokaralar 10-may kuni ham davom etadi.

Tramp 5-may kuni Xitoy bilan savdo-iqtisodiy muzokaralar “juda sekin borayotgani” tufayli 10-maydan boshlab tariflar oshirilishini ma’lum qilgan edi.

Robert Laytxayzer Pekin savdo masalalari bo‘yicha avvalgi maslahatlashuvlardagi kelishuvga amal qilmayotganini va oshirilgan boj to‘lovlari 10-maydan joriy etilishi ehtimolini tasdiqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют