» » Ozbekistonda 14 kundan kichik bolgan hayvonlar gosht uchun soyilishga ruxsat etilmaydi

Ozbekistonda 14 kundan kichik bolgan hayvonlar gosht uchun soyilishga ruxsat etilmaydi


Hukumat qarori (386-son, 08.05.2019-y.) bilan Ixtisoslashtirilgan soyish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya normalari va qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, teri xomashyosini tayyorlash (qayta ishlash) veterinariya-sanitariya norma va qoidalariga javob beradigan, maxsus bino hamda omborxonalari mavjud bolgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Ixtisoslashtirilgan soyish korxonalarida asosiy va yordamchi binolar bolishi shart.

14 kundan kichik bolgan hayvonlar gosht uchun soyilishga ruxsat etilmaydi.

Quyidagi hollarda hayvonlarni gosht uchun soyish taqiqlanadi:

veterinariya vrachining ruxsati bolmaganida;

kuydirgi, olat, qutirish, botulizm, parranda grippi va boshqa bir qancha kasalliklar bilan kasallangan yoki gumon qilingan hayvonlar;

olim talvasasida bolgan hayvonlar;

kuydirgi kasalligiga qarshi emlangan va davolangan hayvonlarni emlashdan keyin 14 kun davomida, oqsil kasalligiga qarshi emlanganda, emlanishdan keyin 21 kun davomida;

malleinizatsiya qilinmagan bir tuyoqli hayvonlar.

Soyilgan barcha hayvonlarning goshti va boshqa mahsulotlari veterinariya vrachi tomonidan ekspertizadan otkazilishi shart.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-05-2019, 17:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -