» » Toshkentdagi “Botanika bog‘i” shanba va yakshanba kunlari aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkentdagi “Botanika bog‘i” shanba va yakshanba kunlari aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi


Kecha, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi “Botanika bog‘i”da tantanali bayram marosimi o‘tkazildi. Kun davomida bog‘ hududidan o‘rin olgan urush davriga oid harbiy texnikalar, qurol-aslaha hamda o‘sha davrni o‘zida ifodalagan ko‘rgazmalar namoyish etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Respublika aholisiga qulaylik yaratish maqsadida bog‘ hududiga shanba va yakshanba kunlari (11—12-may) bepul kirib-chiqish ta’minalanadi. Shu kunlarda bog‘ hududidan o‘rin olgan barcha ekspozitsiyalar to‘lig‘ligicha faoliyat ko‘rsatadi. Sahna ko‘rinishlari takroran soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00da qo‘yiladi.

Hozirda bog‘da aholi uchun Ikkinchi jahon urushi davriga oid “T-34”, “IS-2” tanklari, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, Shoahmad Shomahmudovning oilasiga bag‘ishlangan ekspozitsiya, urush yillarida faoliyat olib borgan qishloq kengashi binosi, zirhli va harbiy avtomobil namunalari va boshqa shu turdagi ko‘plab installyatsiyalar o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют