» » Traktorida Hindistonga sayohat qilayotgan fransiyalik Turkiyagacha yetib bordi

Traktorida Hindistonga sayohat qilayotgan fransiyalik Turkiyagacha yetib bordi


Mare Jardan Fransiyadan Hindistonga sayohat qilmoqda. U allaqachon Turkiyaga yetib kelgan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Sayohatchi bir yildan keyin uyga qaytishni rejalashtirmoqda. U traktoriga ulangan furgonda yashaydi.

Turkiyaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Malkari shahri aholisi 53 yoshli sayyohni iliq kutib olgan. Ular sayohatchi bilan suratga tushmoqda, safar haqida so‘ragan va o‘z yordamlarini taklif qilgan. Jardanning o‘zi yoqimli sayrdan umid qilayotganini aytadi.

Sayohatchining ta’kidlashicha, bu uning hayoti va bunday yashash unga yoqadi. U anchadan beri traktorda sayohat qilishni orzu qilgan.

Sayyoh 1958 Massey Ferguson modelidagi traktorda sayohat qilmoqda. U traktoriga ulangan treylerida o‘ziga kerakli bo‘lgan hamma narsa borligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют