» » Ozbekistonda xorijga chiqish pasportini olish yanada osonlashtiriladi

Ozbekistonda xorijga chiqish pasportini olish yanada osonlashtiriladi


Endilikda xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun ish joyi yoki mahalla (ishsizlar uchun) tomonidan tasdiqlash talab etilmaydi. Ozbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shaklini tasdiqlash haqidagi Ichki ishlar vazirining buyrugi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan, deb yozadi Xalq sozi.

Buyruqqa kora, Ozbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shakli 11 banddan iborat boladi va unda pasportni olish uchun ariza bergan fuqaro ish joyi yoki mahalladan (ishsizlar uchun) maxsus sorovni tasdiqlatishi shart bolmaydi. Shu kunga qadar xorijga chiqish pasportini olish istagida bolgan fuqarolar ish joyi yoki mahalladan sorovni tasdiqlatishi shart bolib turibdi.

Anketada ariza beruvchining ism-sharifi, jinsi, tugilgan yili, oyi, kuni va joyi, ilgari boshqa familiyada bolgan-bolmagani, telefon raqami, shaxsni tasdiqlovchi pasport malumotlari, ish (oqish, xizmat) davrida davlat siriga taalluqli malumotlar bilan tanishish uchun rasman ruxsatnomaning bor yoki yoqligi, mehnat daftarchasidan songgi 5 yillikdagi ish faoliyati, harbiy xizmatga chaqirilishga majburiy emasligi va turmush ortogi boyicha malumotlar soralgan. Anketaning songgi bandida anketadagi yolgon malumotlarning mavjudligi pasport berilishining rad etilishiga sabab bolishi eslatib otilgan.

Bundan tashqari mazkur buyruqda 16 yoshga tolmagan bolalar uchun ham xorijga chiqish pasportini olishi boyicha anketa namunasi taqdim etilgan.

Eslatib otamiz, xorijga chiqish pasporti 2019-yilning 1-yanvaridan, ilgari amalda bolib kelgan, ikki yil muddatga taqdim etilgan xorijga chiqishga ruxsat beruvchi stiker (OVIR) orniga joriy etilgan. Xorijga chiqish pasporti 10 yil muddatga taqdim etiladi.

Buyruq loyihasi 25-mayga qadar muhokamada boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-05-2019, 22:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -