» » O‘zbekistonda xorijga chiqish pasportini berishda undiriladigan davlat boji stavkasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda xorijga chiqish pasportini berishda undiriladigan davlat boji stavkasi tasdiqlandi


O‘zbekistonda xorijga chiqish pasportini berishda undiriladigan davlat boji stavkasi tasdiqlandi, deb yozadi “Podrobno.uz” “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020—2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga tayanib.

2019-yil 1-yanvardan keyin pasportlar berilishi boshlanganda buning uchun eng kam oylik ish haqining 120 foizi miqdorida — 243 276 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi xorijga chiqish pasporti — 48 varaqdan iborat jigarrang hujjat bo‘lib, O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari bilan bezatilgan bo‘ladi.

Yangi xorij pasportini olish uchun biometrik ma’lumot olish uchun 12 ta yangi stansiyalar o‘rnatish rejalashtirilgan. Ularning har biri kuniga 180—200 kishiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Hozirda Toshkentda 20 ta shunday stansiya faoliyat yuritmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют