» » O‘zbekistondagi yangi xorijga chiqish pasporti qanaqa bo‘ladi?

O‘zbekistondagi yangi xorijga chiqish pasporti qanaqa bo‘ladi?


Yangi xorijga chiqish pasporti — 48 varaqdan iborat jigarrang hujjat bo‘lib, O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari bilan bezatilgan bo‘ladi, deb xabar qilmoqda “Podrobno.uz”.

Shuningdek, hujjat bezagida suv belgilari, sakkiz burchakli pentagramma, rangi almashadigan bo‘yoq, muar effekti, metallashgan himoya ipi va laminatsiya qilingan plyonkadan foydalaniladi.

Hujjatga elektron chip o‘rnatilgan bo‘ladi.

Yangi xorij pasportini olish uchun biometrik ma’lumot olish uchun 12 ta yangi stansiyalar o‘rnatish rejalashtirilgan, dedi O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbari Qudrat Yo‘ldoshev.

Ularning har biri kuniga 180—200 kishiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Hozirda Toshkentda 20 ta shunday stansiya faoliyat yuritmoqda.

Yangi hujjatni olish uchun fuqarolar yashash manzili bo‘yicha IIV organlariga murojaat etishlari, anketa-arizani to‘ldirishlari, fotosurat, pasport nusxasi va “voyenkomat”dan ma’lumotnoma (harbiy xizmat majburiy bo‘lgan shaxslar uchun) topshirishlari kerak bo‘ladi.

Davlat boji — eng kam ish haqining 150%ni tashkil qiladi. Hujjat 10 kun o‘tgach tayyor bo‘ladi.

Voyaga yetmaganlar yangi pasport bilan 5 yilgacha, 16 yoshdan kattalar — 10 yil muddatgacha chegarani kesib o‘tishlari mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют