» » Vladivostokdagi bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarosiga ish haqini olish va pasportini qaytarishda ko‘mak berdi

Vladivostokdagi bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarosiga ish haqini olish va pasportini qaytarishda ko‘mak berdi


2019-yilning 27-aprel kuni o‘zbekistonlik Umidjon Abduvaliyev mamlakatning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga ish haqi va pasportini qaytarishda yordam so‘rab, telefon orqali murojaat qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, ushbu fuqaro 2018-yil noyabr oyida Amur viloyatiga kelib ishga joylashgan va joriy yilning mart oyiga qadar hech qanday muammoga duch kelmagan. Lekin mart oyida ish beruvchi bilan kelishmovchilik tufayli unga oylik to‘lashmagan, pasportini qaytarib berishni rad qilib, o‘z harakatlarini mehnat patenti rasmiylashtirilgani uchun U. Abduvaliyevning qarzdor ekanligi bilan izohlashgan.

Bosh konsulxona bir necha marta muzokaralar o‘tkazib, mazkur masalani ijobiy hal etishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada U. Abduvaliyevga pasporti va ushlab qolingan ish haqi qaytarildi. U temir yo‘l chiptasini sotib olib, 10-may kuni O‘zbekistonga yo‘l oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют