» » Ignatiy Nesterov futboldan 8 oyga chetlatildi

Ignatiy Nesterov futboldan 8 oyga chetlatildi


Osiyo futbol konfederatsiyasining tartib-intizom qomitasi Ozbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov borasida qaror qabul qildi, deb yozmoqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev ozining Telegramdagi kanalida.

Ozbekiston terma jamoasi darvozaboni 8 oyga futboldan chetlatildi. Diskvalifikatsiya muddati 2019-yil 13-fevralidan kuchga kirgan deb hisoblanadi. Yani, Nesterov 13-oktabr kuni maydonga tusha olishi mumkin. 13-avgust sanasidan boshlab esa Nesterov mashgulotlarni boshlashi va shartnoma tuzishi mumkin boladi. Ayblovchi tomon 16 oylik diskvalifikatsiya talab qilganini hisobga olinsa, doping bilan kurash kundan kunga avj olayotgan bir paytda 8 oy juda ham yengil jazo hisoblanadi. Nesterov ishi bu yaqinda tuzilgan Ozbekiston futbolchilar kasaba uyushmasining dastlabki aksiyasi hisoblanadi. Ushbu tashkilot Ozbekiston terma jamoasi posbonini himoya qilish uchun mashhur Rossiya yuridik kompaniyasini jalb qilgan edi, deb yozadi Alisher Nikimbayev.

Championat.asia nashri esa bu borada koproq malumot olish maqsadida Ozbekiston futbolchilar kasaba uyushmasi prezidenti Kamoliddin Murzoyev bilan boglangan.

Ignatiy Nesterov ishi biz uchun yaxshi yakunlandi deya olaman. Sababi OFK darvozabonga 2,5 yil yani 30 oylik diskvalifikatsiya bermoqchi bolgandi. Bu esa Nesterovning faoliyatini yakunlashini anglatardi. Biroq yuristlar bu muddatni 8 oyga tushirishgani bizning kichik galabamiz boldi, deydi Kamoliddin Murzoyev.

Eslatib otamiz, avvalroq Nesterov Osiyo Kubogi vaqtida Ozbekiston terma jamoasi safida taqiqlangan moddalarni qabul qilgani uchun OFK tomonidan chetlatilgani xabar berilgandi. Ammo jazo muddati qancha va qachongacha amal qilishi nomalumligicha qolayotgandi.

Malumot uchun, Nesterovning songgi jamoasi Saudiya Arabistonining Uhud jamoasi boldi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (11-05-2019, 13:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -