» » O‘zbekistonda “Salomatlik startlari” tadbirlari tashkil etildi (foto)

O‘zbekistonda “Salomatlik startlari” tadbirlari tashkil etildi (foto)


O‘zbekistonda 11-may kuni “Oilaviy semizlikka yo‘l yo‘q” shiori ostida 5 kilometr masofaga faol yurish va “Salomatlik startlari” tadbirlari tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Erta tongdan mamlakatning barcha hududlarida bo‘lgani kabi poytaxt istirohat bog‘lari va xiyobonlarida ham vazirlik markaziy apparati, tizimdagi muassasalar, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari xodimlari va mahalla faollarining oilaviy jamoalari ishtirokida jismoniy faollikni targ‘ib etuvchi estafeta o‘yinlari, bilimdonlar tanlovi o‘tkazildi.

— Kamharakatlilik, kun davomida uzoq vaqt kompyuterda ishlash inson organizmida ortiqcha vazn bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqaradi, — deydi Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova. — Mazkur xastaliklarning oldini olish maqsadida har bir kishi kundalik ish faoliyatini jismoniy faollik bilan boshlashi, ya’ni toza havoda sayr qilishi, jismoniy mashqlar bilan band bo‘lishi va albatta sog‘lom hamda to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qaratishi lozim. Zero, toza havoda sayr qilish — mushak, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, nafas olish ritmini rivojlantiradi.

Faol harakatlar tanadagi yog‘larning erishi, shu orqali ortiqcha vazndan qutilishiga yordam beradi.  Jismoniy faoliyatning bunday turi harakatning eng xavfsiz usuli hisoblanib, uni deyarli har bir kishi — o‘smirdan tortib, keksa odamgacha bemalol bajarishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 42) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют