» » Liga 1. Neymar va Di Mariyaning gollari PSJga g‘alaba keltirdi (video)

Liga 1. Neymar va Di Mariyaning gollari PSJga g‘alaba keltirdi (video)


11-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 36-turi doirasida 6 ta uchrashuv yakunlandi.

Muddatidan avval mamlakat chempioniga aylangan Parijning PSJ klubi “Anje” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida parijliklar hujumchisi Neymar raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 58-daqiqaga kelib argentinalik yarim himoyachi Anhel di Mariya jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0). 87-daqiqada esa mezbon jamoa a’zosi Flavyen Tait hisobni qisqartirdi (2:1).

Shu tariqa PSJ mehmonda kechgan bahsda “Anje”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, bellashuvning 85-daqiqasida PSJ himoyachisi Markinyos qizil kartochka bilan jazolandi va jamoa o‘yin yakuniga qadar maydonda 10 kishi bo‘lib harakat qildi.

Liga 1

36-tur bahslari

11-may, shanba

Gollar: 0:1 — 20 Neymar, 0:2 — 58 Di Mariya, 1:2 — 87 Tait

Gollar: 1:0 — 14 Ninga, 1:1 — 37 Dumbiya, 2:1 — 40 Fajr, 3:1 — 45 Gilbert, 3:2 — 82, penalti, Zeneli

Gollar: 1:0 — 40, penalti, Tavares, 1:1 — 68 Ayork, 2:1 — 90 Chang-Hun Kvon

Gollar: 0:1 — 29 Mutussami, 1:1 — 55 Sarr

Gol: 1:0 — 9 Ripar

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют