» » Alisher Usmonov Britaniyaning eng boy odamlari royxatida sakkizinchi orindan joy oldi

Alisher Usmonov Britaniyaning eng boy odamlari royxatida sakkizinchi orindan joy oldi


Boyligi 11,33 mlrd funt sterlingga (14,72 mlrd dollar) baholangan Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari royxatining 8-ornidan joy oldi. Bu haqda The Sunday Times nashriga asoslanib, TASSxabar bermoqda.

Alisher Usmonov bir yil ichida 783 mln funt sterlingga (1,017 mlrd dollar) boyigan. 2018-yil yozida Usmonov Arsenal futbol klubining oziga tegishli 30 foiz aksiyasini amerikalik tadbirkor Sten Kronkega 550 mln funt sterlingga (714 mln dollar) sotib yuborgan va bu bitimdan 300 mln funt sterling (390 mln dollar) ishlab olgan.

Shuningdek, Britaniyaning eng boy odamlari royxatidan rossiyalik ikki tadbirkor Millhousening asosiy egasi Roman Abramovich va Alfa-Bankning eng yirik aksiyadori Mixail Fridman ham orin olgan.

Roman Abramovich reytingdagi 13-orindan 9-oringa kotarilib olgan. Uning boyligi 11,22 mlrd funt sterlingga (14,58 mlrd dollarga) baholangan.

Royxatning 10-ornidan joy olgan Mixail Fridmanning boyligi 10,9 mlrd funt sterlingga (14,17 mlrd dollar) baholangan.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-05-2019, 14:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -