» » Isroil Golan tepaliklarida Donald Trapm sharafiga yashash joylarini qurishni rejalashtirmoqda

Isroil Golan tepaliklarida Donald Trapm sharafiga yashash joylarini qurishni rejalashtirmoqda


Isroil hukumati Golan tepaliklarida AQSh prezidenti Donald Tramp nomi bilan ataladigan posyolka qurilishi uchun joy tanladi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hukumat majlisida ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

Isroil shu tarzda Trampga ushbu tepaliklarni yahudiy davlatiga tegishli deb tan olgani uchun minnatdorlik bildirmoqchi.

The Jerusalem Post nashrining yozishicha, posyolka tepalikning shimolida joylashadi. 1991-yili u yerda bir necha bor posyolka bunyod etish rejalashtirilgan, biroq birortasi amalga oshirilmay qolib ketgan. Avvaliga ushbu hududga 120 kishi joylashtiriladi, ularning yarimini yahudiylar, qolganini boshqa millat vakillari tashkil etadi.

Isroil Golan tepaliklarini 1967-yilda Suriyadan tortib olgan. Dunyoning aksar mamlakatlari buni noqonuniy okkupatsiya deb baholaydi. AQSh prezidenti joriy yilning mart oyida Golan tepaliklari Isroil davlatining bir qismi deya tan olgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют