» » Afg‘onistonda parlamentning madaniyat bo‘yicha komissiyasi maslahatchisi, sobiq telejurnalist ayol otib ketildi

Afg‘onistonda parlamentning madaniyat bo‘yicha komissiyasi maslahatchisi, sobiq telejurnalist ayol otib ketildi


Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida afg‘on parlamentining madaniyat bo‘yicha komissiyasi maslahatchisi, sobiq telejurnalist Mina Mangal otib ketildi, deb xabar beradi DW.

Ariana News telekanalining sobiq muxbiri 11-may kuni mototsiklda bo‘lgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan otib o‘ldirilgan.

Politsiya matbuot kotibi Basir Mujahedning ma’lum qilishicha, hujum uyushtirilgan vaqtda Mina parlamentga ketayotgan bo‘lgan. Qotillik nima sababdan sodir etilgani hozircha noma’lum, politsiya tergov ishlarini olib bormoqda.

Shu kunning o‘zida G‘azni viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan yetti nafar bolakay halok bo‘ldi. Afg‘oniston hukumatining ma’lum qilishicha, bomba “Tolibon” terrorchilik guruhining a’zolari tomonidan qo‘yilgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda Afg‘onistonda 3804 nafar tinch aholi o‘ldirilgan bo‘lib, ularning 900 nafardan ortig‘i bolalardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют