» » Ekologik harakat faollari Parij markazida 300 litr qonni to‘kib yubordi (video)

Ekologik harakat faollari Parij markazida 300 litr qonni to‘kib yubordi (video)


12-may kuni Parij markazida Extinction Rebellion ekologik harakati a’zolari aksiya o‘tkazib, Trokadero maydonidagi Shayo qasri zinalariga 300 litr sun’iy qonni to‘kib yubordi, deb xabar beradi Meduza.

Shu orqali harakat faollari noyob turdagi o‘simlik va hayvonlarning yo‘qolib ketish xavfiga e’tibor qaratib, hukumatni Yer sayyorasining biologik xilma-xilligini saqlab qolish yo‘lida chora ko‘rishga chaqirdi. Aksiyaga ko‘plab jurnalist va sayyohlar guvoh bo‘ldi.

???? DIRECT - Le Trocad?ro recouvert de faux sang pour alerter sur l'extinction de masse pic.twitter.com/RhEDt5VXxb

— Yahoo Actualit?s (@YahooActuFR) May 12, 2019

Faollardan biri sun’iy qon to‘kilgan zina ustiga yotib, ommaviy qirg‘inni ifodaladi, boshqalar esa o‘z shiorlarini namoyish etdi.

Joriy yilning may oyida Parijda e’lon qilingan BMTning bayonotida millionga yaqin biologik turlar inson faoliyati natijasida qirilib ketish arafasida ekanligi aytilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют