» » Lukashenko Belarusning Rossiyadan “Drujba” neft quvuri orqali ifloslangan neft kelishidan ko‘rgan zararni yuz millionlab dollarga baholadi

Lukashenko Belarusning Rossiyadan “Drujba” neft quvuri orqali ifloslangan neft kelishidan ko‘rgan zararni yuz millionlab dollarga baholadi


“Drujba” neft quvuriga Rossiyadan ifloslangan neft kelishidan Belarus ko‘rgan zarar yuz millionlab dollarni tashkil etadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Ikki neftni qayta ishlash zavodi, xususan, Mozir zavodi ifloslangan. Bu mamlakatga yetkazilgan ulkan zarar. Shundoq ham Novopolotsk zavodi yarim, Mozir zavodi uchdan bir quvvat bilan ishlayotgandi”, — ta’kidladi Lukashenko.

Lukashenko Rossiya prezidenti bilan bu muammoni gaplashmagani, biroq Putinning o‘zi yuz bergan voqea Moskva va Minskka zarar yetkazganini tan olganini bildirdi.

“U bu zararni qoplash kerakligini yaxshi tushunib turibdi”, — dedi Belarus prezidenti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют