» » “Tojikfilm” Youtube’dan tojikistonlik videoblogerlarning videolarini o‘zining ruxsatisiz e’lon qilmaslikni so‘radi 

“Tojikfilm” Youtube’dan tojikistonlik videoblogerlarning videolarini o‘zining ruxsatisiz e’lon qilmaslikni so‘radi 


“Tojikfilm” tojik blogerlari tomonidan YouTube’ga joylashtirilgan videoroliklar mazmunini nazorat qilishga qaror qildi, deb xabar berdi “Novosti.tj”.

“Tojikfilm” direksiyasi iltimos bilan rasman YouTube’ga murojaat qildi, unda o‘zlarining ruxsatisiz tojik videoblogerlarining videolarini joylashtirmaslik so‘raladi.

“Tojikfilm”ning mas’ul shaxslarining bayonot berishicha, bu blogerlar tomonidan joylashtirilayotgan ayrim videoroliklarning mazmuni juda ham uyatlidir. Videoblogerlar esa, mazkur kanal obunachilariga qiziqarli bo‘lgan kontentni YouTube’ga joylashtirishlarini aytadi.

“Tojikfilm” davlat direksiyasi bo‘lim mudiri Nosir Rahmonning aytishicha, mamlakatning amaldagi qonunlariga ko‘ra, audio va videomateriallar, jumladan videoroliklar ishlab chiqarish va e’lon qilish uchun ularni yaratuvchilar ruxsatnoma olishi kerak. Rahmonning so‘zlariga qaraganda, ular videoblogerlarning faoliyatiga qarshi emas, biroq u YouTube’ga joylashtirilayotgan videoroliklar sifati va mazmunining juda ham pastligidan tashvishga tushayotganini bildirdi.

“Biz avvaliga videoroliklar mazmunini ko‘rishimiz kerak. Odamlar bu roliklarning ayrimlarini ko‘rar ekan, ular uyalib ketmoqda. Boshqa mamlakatlarda foydalanuvchilar tomonidan YouTube’ga joylashtiriladigan roliklarni ko‘rsangiz ma’nan dam olasiz. Bizda esa hammasi “kolxoz bozori“, – deya e’tiroz bildiradi suhbatdosh.

YouTube’ning Tojikistonda vakolatxonasi yo‘q. Nosir Rahmonning so‘zlariga qaraganda, ular YouTube’ning Rossiya va Qozog‘istondagi vakillarini topgan va ularga maxsus ruxsatnomasiz Tojikistondan videoroliklarni joylashtirmasliklarini so‘rab rasman iltimosnoma yuborilgan.

So‘nggi yillarda YouTube’da Tojikistonning o‘nlab fuqarolari tomonidan akkauntlar ochilib, unga o‘zlarining videomateriallarini joylashtirmoqda. Videoblogerlar turli mavzularni qamrab olishga intilmoqda.

Shu bilan birga mamlakat soliq qo‘mitasidagilarning ta’kidlashicha, YouTube’ga o‘zlarining videorliklarini joylashtiruvchi videoblogerlar boshqa fuqarolar singari soliq to‘lashi kerak.

“Tojikiston fuqarolarining mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi har qanday daromadlari soliqqa tortilishi kerak. Daromadlarni yashirish yoki soliqdan bo‘yin tovlash qonun bo‘yicha jazolanadi”, – deya ta’kidladi qo‘mita xodimlari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют