» » O‘zbekiston 2020-yilda BAA bilan hamkorlikda hukumat samaradorligini baholash dasturini ishga tushirmoqchi

O‘zbekiston 2020-yilda BAA bilan hamkorlikda hukumat samaradorligini baholash dasturini ishga tushirmoqchi


O‘zbekiston Adliya vazirligining “Hukumat samaradorligi” (Government quality) guruhi 6—8-may kunlari BAAga tashrif buyurib, qator amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, O‘zbekiston delegatsiya a’zolari Davlat xizmati masalalari bo‘yicha Federal idora faoliyati, jumladan, davlat organlari va xususiy kompaniyalarida KPI tizimini joriy etish tajribasi bilan tanishdi.

Shuningdek, jamoat xavsizligi sohasidagi beshta tahdid — jiddiy jinoyatlar, yo‘l hodisalari, aholining ishonchlilik darajasi, fuqarolar xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu tahdidlar Dubay Ichki ishlar vazirligining asosiy ko‘rsatkichlari sifatida belgilandi.

Uchrashuv yakunida “hukumat samaradorligi” yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli loyiha muhokama qilindi. Shu bilan birga, uchrashuv yakunida ishchi guruhlari tomonidan “Davlat xizmati” yo‘nalishi bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan qo‘shimcha loyiha ham ishlab chiqildi.

“2020-yilda O‘zbekistonda hukumat, uning bo‘linmalari, davlat organlari va ularning xodimlarini samaradorligini baholash dasturini to‘la ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2021-yilda Amirlik mutaxassislarini jalb qilgan holda baholashning birinchi raundini o‘tkazish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют