» » Toshkentda avtobus yo‘lovchisi oynani sindirib, avtobusdan tushib qochib ketdi

Toshkentda avtobus yo‘lovchisi oynani sindirib, avtobusdan tushib qochib ketdi


Joriy yil 13-may kuni Toshkentda 4-avtobus saroyi tasarrufidagi 38-yo‘nalishda qatnovchi saroy raqami 37 bo‘lgan Mercedes-Benz rusumli avtobusda yo‘lovchi yigit hech bir sababsiz salon ichida to‘siq maqsadida o‘rnatilgan oynani sindirib, avtobusdan tushib qochib ketgan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabarida aytiladi.

Boshqa yo‘lovchilarning guvohlik berishicha, atrofdagilarga hech qanday zarar yetmagan. Ammo yigitning o‘zi jarohat olgan.

Ushbu voqea yuzasidan ichki ishlar organiga xabar berilgan.

Yuz berayotgan ana shunday holatlarni inobatga olib, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati barcha yo‘lovchilar va shahar mehmonlaridan jamoat transportlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, uni asrab-avaylab, ko‘p yillar soz holda xizmat qilishiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rab qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют