» » Adliya vazirligi abituriyentlarni OTMga qabulda qanday o‘zgarishlar kutayotganini ma’lum qildi

Adliya vazirligi abituriyentlarni OTMga qabulda qanday o‘zgarishlar kutayotganini ma’lum qildi


Adliya vazirligi tomonidan 10-may kuni o‘tkazilgan “Qonunchilikdagi yangiliklar” brifingi va matbuot anjumanida OTMlarga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida fikr almashildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Endilikda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma talab qilinmaydi. Qolaversa, qabul kvotalari sonining ehtiyojdan kelib chiqib belgilanishi rejalashtirilyapti”, — deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kadrlar tayyorlash va bitiruvchilar taqsimotini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i Inatillo Ne’matov.

Tadbirda Davlat test markazi (DTM) ruxsatnomalari qay vaqtda olinishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovning so‘zlariga ko‘ra, abituriyentlar 2019-yildan DTM ruxsatnomalarini bevosita markaz saytidan yuklab olishi mumkin va shu asosda tegishli o‘quv binosiga kirib-chiqishi ta’minlanishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, matbuot anjumanida kirolmay qolgan abituriyentlar ikkinchi yil o‘qishga topshirish uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori mutaxassislar tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqilayotgani xususida fikr bildirildi. Hozirda DTM to‘lovni eng kam ish haqining bir baravari (13-may holatiga ko‘ra — 202 730 so‘m) miqdorida belgilashni taklif qilmoqda.

Bundan tashqari, OTMlarga qo‘shimcha davlat grantlari asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinuvchilar qatoriga kimlar kiritilganligi haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi. Unga ko‘ra:

Shuningdek, soha mutaxassislari kiritilgan qo‘shimchalar bilan sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilanganligini ham ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, sirtqi ta’limga hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari 16-avgustdan 25-avgustgacha kamida uchta fandan o‘tkaziladi. Yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.

Imtihonlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi uchta fandan to‘planishi kerak bo‘lgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning o‘rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda baholanadi. Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют