» » O‘zbekistonda parlament a’zolari uchun uzaytirilgan ta’til va ishga joylashtirish kafolatlari belgilandi

O‘zbekistonda parlament a’zolari uchun uzaytirilgan ta’til va ishga joylashtirish kafolatlari belgilandi


Mehnat kodeksi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi. Bu haqda “Norma” axborot-huquqiy portali xabar berdi.

O‘zgartirishlar bilan Senatda doimiy asosda ishlayotgan deputat va senator mehnat huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari nazarda tutilgan:

birinchidan, korxonalarning, muassasalarning yoki tashkilotlarning rahbarlari o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshirayotgan Senat a’zosini ishdan ozod qilishi shart. U senatorlik majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda uning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi;

ikkinchidan, Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosiga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, ko‘proq muddatli ta’til beriladi. Bunda Qonunchilik palatasi deputatlari, qoida tariqasida, sessiyalar oralig‘idagi davrda ta’tilga chiqadi;

uchinchidan, deputatga va senatorga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ularning roziligi bilan boshqa, shu jumladan yuqoriroq lavozimdagi ish ham berilishi mumkin. Ilgarigi ish joyiga (lavozimiga) qaytgan taqdirda, ularning avvalgi egallab turgan lavozimiga qabul qilingan shaxs bilan mehnat shartnomasi MKning 106-moddasi 2-bandiga muvofiq (taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha) bekor qilinadi.

Quyidagi hollarda:

to‘rtinchidan, Qonunchilik palatasi va Senat tarqatib yuborilgan taqdirda, deputatga, senatorga ishdan bo‘shatish oylik nafaqasi hisobga olingan holda ishga joylashish davrida o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi;

beshinchidan, deputatning, senatorning vakolatlari muddati umumiy ish stajiga, xizmat muddatiga va avvalgi ixtisosi bo‘yicha ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Bu muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish yoki lavozimga ega bo‘lish uchun ( masalan, advokat, notarius, sudya va h.k.) malaka talabi sifatida belgilangan maxsus stajni hisoblab chiqarishda muhim ahamiyatga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют