» » Farg‘onada bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga haydovchidan pora talab qilgan “O‘zavtotrans” inspektoriga jazo tayinlandi

Farg‘onada bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga haydovchidan pora talab qilgan “O‘zavtotrans” inspektoriga jazo tayinlandi


“O‘zavtotrans” agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi inspektori R. Qodirovning xizmat vazifasiga avtotransport vositalarini litsenziyasi mavjudligini nazorat qilish, aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan bayonnomalar va dalolatnomalar rasmiylashtirish kabilar kirardi. Ammo u o‘z burchini unutib, ta’magirlikka qo‘l urdi.

2018-yil 4-oktabr kuni o‘tkazilgan reydda A.Botirov Nexia rusumli avtomashinasida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanganligi aniqlangan. Ammo boshqarma inspektori R. Qodirov ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 600 ming so‘mni pora tariqasida olgan.

Haydovchi mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat qildi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor pora tariqasida olgan pulni A. Botirovga qaytargan vaqtida ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan R.Qodirovning mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют