» » Trent Aleksandr-Arnold APL rekordini o‘rnatdi

Trent Aleksandr-Arnold APL rekordini o‘rnatdi


12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining so‘nggi turida “Liverpul” o‘z maydonida “Vulverhempton”ni mag‘lub etdi (2:0).

Mazkur o‘yinda mersisaydliklar himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold ikkita golga ham assistentlik qildi.

Shunday qilib 20 yoshli angliyalik 2018/19-yilgi mavsum Premyer ligada 12 ta golli uzatma berdi. Bu himoyachilar orasida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bundan tashqari “Liverpul”ning boshqa bir himoyachisi Endryu Robertson ham joriy mavsum 11 ta golli pas berdi. Musobaqa tarixida bir yo‘la ikki nafar himoyachining bir mavsumning o‘zida 10 tadan ortiq golli uzatma berish holati avval kuzatilmagan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют